Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ikkinçi prezidentlik muddatida Tehron barça davlatlar bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirişiga umid bildirdi.
Ruhoniy ikkinçi muddatga 2017 yil may oyida qayta saylangan. Avgustda uning inauguratsiyasi hamda yangi hukumat tarkibi tasdiqlanişi marosimi bölib ötdi.
“Butun dunyo bilan keng aloqalar e'tiborimiz obekti hisoblanadi. Umid qilamanki, Eron yadroviy dasturini hisobga olganda, bu aloqalar uçun tösiqlarni ança darajada bartaraf etoldim. Keyingi 4 yil Eronning dunyo bilan aloqalarining har tomonlama rivojlanişi 4 yili böladi”, deb aytgan Zarif.
Uning aytişiça, bunday siyosatga amal qilişni Eron oliy yetakçisi Ali Hameneiy Ruhoniy inauguratsiyasi vaqtida buyurgan. Ruhoniyning özi esa inauguratsiya vaqtida Eronning boşqa davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişi nafaqat davlatning ongli qarori, balki dunyoda tinçlikni ta'minlaş uçun zarur ekanligini ta'kidlab ötgan.












