Özbekistonda faoliyat olib borayotgan barça tijorat banklari ertaga, 5 sentabr kunidan boşlab erkin konvertatsiya amaliyotini joriy etişi kutilmoqda. «Kun.uz»ning bank tizimida işlaydigan manbasi xabar berişiça, valyuta oldi-sotdi körsatkiçi 8000-8150 söm bilan boşlanadi.
Xorijiy valyutani sotmoqçi bölgan mijoz, masalan 100 AQŞ dollari uçun 800 000 söm etib belgilangan erkin konvertatsiya kursi böyiça amaliyotni bajaradi. Aksinça, 100 AQŞ dollarini xarid qilmoqçi bölgan bank mijozi 815 000 söm etib belgilangan kurs böyiça iş tutadi.
Hozirça boşqa xorijiy valyutalarning sömga nisbatan erkin konvertatsiyalaniş kursi belgilanmagan. Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga köra, Markaziy Bank tomonidan belgilangan milliy sömning xorijiy valyutaga nisbatan kursi 8000 sömgaça özgarib boradi.











