Bitkoin kriptovalyutasi nima özi va u qanday vujudga kelgan? U qaysi davlat yoki taşkilot tomonidan boşqariladi? Unda tölovlar qanday amalga oşiriladi? Nima uçun uning qiymati kun sayin ortib bormoqda? Uni qanday sotib oliş mumkin, degan savollar bugun, deyarli butun dunyoning yirik sarmoyadorlaridan tortib oddiy aholisigaça qiziqtirayotgani heç kimga sir emas. Uşbu maqolada yuqoridagi barça savollarga yetarliça javob berişga harakat qilamiz.

FAKT: Agar Siz 2010 yilda 0.003 kurs böyiça 100 dollarga bitkoin sotib olganingizda bugungi kunga kelib uning qiymati 153 mln. dollardan oşgan bölar edi.

Barça fikr pul va uning atrofida ekan, yuqoridagi savollarga javob berişdan oldin, avvalo pul va uning turlari haqida qisqaça ma'lumot beriş örinli, deb öylaymiz. Pul – biror bir mamlakatning yoki kelişuv asosida bir neçta davlatning tovar va xizmatlar oldi-sotdisi uçun umumiy ekvivalent sifatida qabul qilinadigan valyuta bölib u qoğoz, metall yoki elektron körinişda bugungi kun iqtisodiyotida amal qiladi. Valyutaning eng muhim jihatlaridan biri unda emissiya qiluvçi (pul çiqaruvçi) biror bir muassasa (Özbekistonda bu Markaziy bank) belgilanadi va tegişli qonunga muvofiq tölovlarda belgilangan hududlarda öz qiymatida qabul qilinişi qat'iy belgilanadi. Bugungi kundagi pullar fiat pullar (nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar) hisoblanib, ularni muomalaga çiqariş uçun sarflanadigan xarajatlar odatda pul ustida körsatilgan qiymatdan ança arzon böladi (Masalan, AQŞda 100 dollarlik kupyurani çiqariş uçun 14 sentlik xarajat ketadi).

Yarim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan ta'minlangan bölsa, bugungi kunga kelib, ular mamlakatda yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy yiğindisi bilan ta'minlanişi belgilangan. Biroq, naqdsiz pullar bilan amalga oşiriladigan har bir tranzaksiya (pul ötkazişlari amaliyoti) bevosita biror bir moliya muassasi orqali amalga oşirilişi yölga qöyilgan. Bunda öziga xos nazorat yölga qöyilgan bölib, xavfsizlik va körsatilgan xizmatlar uçun moliyaviy vositaçilar (banklar, birjalar va b.) komission haq olib qolişi belgilangan. Töğri, naqd pul bilan heç qanday haq tölamasdan töğridan-töğri tölovlarni amalga oşiriş mumkin, biroq bu yirik bitimlarda va uzoqdagi hamkorlar bilan amalga oşiriladigan tölovlar uçun juda noqulay hisoblanadi. Ustiga ustak naqd pullarning qalbaki bölib çiqiş xavfi ham mavjud.

Yigirma birinçi asr axborot texnologiyalari asri bölgani uçun kompyuter va internet texnologiyalari şiddat bilan rivojlanişi oqibatida tölovlarni mukammallaştiriş va tobora osonlaştiriş ustida bir qança işlar olib borildi. An'anaviy tölov instrumentlari bölmiş mamlakatlar valyutasi bilan böladigan internet tarmoği orqali mamlakatlararo tölovlarda bir qança öziga xos muammolar mavjud edi. Bular: