Beeline aloqa operatori 2017 yilning 5 sentabridan boşlab Unitel MÇJ va Buzton QK xizmatlariga barça tariflar milliy valyutada örnatilişini ma'lum qildi.
Bunday qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi galdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5177-sonli farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Şu bilan birga, milliy valyutadagi tariflarga ötişning bazaviy asosiga AQŞ dollarining özbek sömiga nisbatan Markaziy bank tomonidan 2017 yil 29 avgustdan belgilangan rasmiy kursi olinadi, ya'ni bir dollar uçun 4210 söm.
KUN.UZ muxbiri bu masala böyiça qöşimça ma'lumotlar oliş maqsadida UMS, Ucell kabi mobil aloqa operatorlarining mijozlar bilan işlab bölimiga murojaat qildi. Kompaniya vakillari hozirça aniq ma'lumot bera olişmadi.
Biroq, KUN.UZ manbasining aytişiça, bu boradagi tegişli körsatmalar barça mobil aloqa operatorlariga bugun, 4 sentabr kuni berilgan va 5 sentabrdan sömdagi tariflar ötilişi ma'lum qilingan. Ayni damda jarayonning texnik jihatlari borasida işlar olib borilayotgani aytildi.












