Uçuvçisiz uçar qurilmalar xitoyliklar orasida katta qiziqişga sabab bölgaç, mamlakat hukumati dronlarni röyxatdan ötkaziş haqida öylay boşladi. Bundan taşqari, masofadan turib boşqariluvçi uçar qurilmalardan foydalaniş qoidalari ham işlab çiqiliş arafasida.

2017 yilning iyunidan boşlab xitoylik dronsevarlar oğirligi 250 grammdan yuqori bölgan öz qurilmalarini röyxatga ötkazişga majburlar. Ularning egalari qurilmalar imkoniyatlarini örganib çiqişlari uçun esa havo kemalari egalarining Assotsiatsiyasi Şanghay yaqinida maxsus poligon qurilişiga turtki berdi.

Xitoy şarqida uçar qurilmalarni işlab çiqariş böyiça yuzdan ortiq yirik kompaniyalar röyxatdan ötgan. Ular nafaqat eksport uçun işlaydi, balki içki bozorga ham mahsulot tayyorlaşmoqda. Şarqiy Xitoyda hozirda 120 mingdan ortiq dron röyxatga olingan, ularning sinovlarini ham qayerdadir ötkaziş ehtiyoji paydo bölgan.

«Poligon har bir kişi öz dronini boşqarişi va undan foydalaniş qoidalari batafsil örganib çiqişi uçun ajoyib joyga aylanadi», - deya havo kemalari egalarining Assotsiatsiyasi rahbari sözlarini keltiradi China Daily.

Bundan taşqari, şunday sinov bazasi işlab çiqaruvçilarga ham qurilmalarni sinovdan ötkazişiga imkoniyat yaratadi. Poligondagi barça parvozlar mutaxassislar nazorati ostida 150 metrgaça bölgan masofada amalga oşiriladi.