AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreyaning yadro sinoviga izoh berib, uni AQŞ uçun xavfli va duşmança harakat deb atagan.  

“Şimoliy Koreya yirik yadro sinovi ötkazdi. Ularning gapi va harakatlari hamon AQŞ uçun xavfli va duşmanona bölib qolmoqda”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp şuningdek Şimoliy Koreyani “yordam bermoqçi bölgan Xitoy uçun katta xavf va yuk bölgan boşqarilmas davlat” deb atadi. Trampning fikriça, Janubiy Koreya uning tinçlatiş siyosati foyda bermayotganini anglayotgan bölsa kerak. 

3 sentabrda Şimoliy Koreya ballistik raketalarga örnatiş uçun belgilangan vodorod jangovar kallakni sinovdan muvaffaqiyatli ötkazdi.