Toşkent şahridagi Inha universiteti ma'muriyati 2017 yilning 5 sentabr kunidan boşlab universitetda tölov-şartnoma asosida ta'lim oluvçi talabalari şartnoma pulini Özbekiston milliy valyutasida belgilangan hajmda tölaydi. Bu haqda universitet saytida rasman ma'lum qilingan.

Şu bilan birga, 2017-2018 öquv yili uçun şartnoma pulining tölanmagan qismi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 2 sentabr kuni amaldagi bölgan kurs (1 AQŞ dollari – 4210,35 söm) asosida tölanadi. 2017-2018 öquv yili uçun milliy valyutada örnatilgan ta'lim tölov puli söm boşqa valyutalarga nisbatan özgarsa ham, şartnoma tölov puli özgarmaydi.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning 2 sentabr holatiga «Kompyuter va dasturiy injiniring» (SOCIE) fakultetida bir yillik şartnoma puli 5000 AQŞ dollarini, «Logistika» (SOL) fakultetida esa 5250 AQŞ dollarini taşkil etgan edi. Tölovlar Özbekiston milliy valyutasida Markaziy bank tölov kuni örnatgan kursi böyiça amalga oşirilar edi.