Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda Venesuela muxolifati bilan muzokaralar ötkazdi, deya xabar qilindi Yelisey saroyi saytida.

Ta'kidlanişiça, Venesuela delegatsiyasiga milliy assambleya (parlament) raisi Xulio Borxes boşçilik qilgan.

«Uçraşuv mamlakatda kuzatilayotgan jiddiy siyosiy va gumanitar inqiroz haqida fikr almaşiş imkonini berdi», - deyiladi xabarda.

Makron Venesuela muxolifatçilari bilan muloqotda «muxolifatga nisbatan qabul qilingan repressiv çoralarni qoralab, huquqiy davlat prinsiplari va Venesuelada soğlom demokratik jarayon boşlanişi ğoyasi tarafdori ekanini ma'lum qilgan».

Uning sözlariga köra, Parij Venesuela hukumatidan signallar kelmayotgani şaroitida, röy bergan holatga javobgar bölgan şaxslarga nisbatan çoralarni Yevropa darajasida muhokama qilişni boşlaş niyatida.

Şuningdek, Makron bu siyosiy va gumanitar inqirozning asosiy qurbonlari bölayotgan venesuelaliklarga gumanitar yordam yetkazib beriş haqida gapirgan.

Avvalroq Venesuelada neft bilan boğliq 200 mln dollarlik öğirlik holati tergov qilinayotgani xabar berilgandi.