Jahon | 13:46 / 01.09.2017
3329
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada neft bilan bog‘liq 200 mln dollarlik o‘g‘irlik holati tergov qilinmoqda

Foto: Reuters/Marco Bello

Venesuela bosh prokurori Tarek Vilyam Saabning ma'lum qilishicha, mahkama Petróleos de Venezuela, S.A. (PDVSA) davlat neft kompaniyasi tomonidan 2010-2016 yillarda Orinoko daryosi havzasidagi konlarni o‘zlashtirish uchun shartnomalar imzolanishi jarayonida 200 mln dollarni o‘g‘irlash holati bo‘yicha tergov olib bormoqda. Bu haqda El Universal xabar qilgan.

Saabning aniqlik kiritishicha, o‘g‘irlash o‘nta qazib olish kompaniyasi bilan 12 ta shartnomani imzolash chog‘ida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

«Bizning gumonlarimizga ko‘ra, yetkazilgan zarar qiymati oshishi mumkin, ishda yangi kompaniyalar ham paydo bo‘lishi ehtimolga yaqin», - dedi u.

Bosh prokurorning ta'kidlashicha, talon-torojni PDVSA korporativ audit bo‘limi aniqladi. Saabning qo‘shimcha qilishicha, bu holat Venesuela sobiq bosh prokurori – Luiza Ortega Dias o‘z lavozimini egallagan paytda tergov qilinmagan.

Uni lavozimidan ozod etishdi va qidiruvga berishdi. Venesuela bosh prokurori Diasni Orinoko daryosi havzasida konlarni o‘zlashtirish uchun shartnomalardagi o‘g‘irliklar uchun «bosh javobgar» deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid