«Oskar» mukofoti sovrindori, hujjatli filmlar rejissyori Myurrey Lerner hayotdan köz yumdi. Variety şu haqida xabar berdi. 

Lerner 90 yoşda özining Nyu-Yorkdagi uyida vafot etdi. Ölim sababi sifatida buyraklar sohasidagi muammolar keltirilgan.

Myurrey Lerner musiqiy kartinalari bilan maşhur. U Bob Dilan, Jimi Xendriks, The Doors guruhining çiqişlarini tasvirga olgan.

Rejissyor «Maodan Motsartgaça: Isaak Stern Xitoyda» filmi uçun nufuzli «Oskar» mukofotini qölga kiritgan.

Lernerning dösti va prodyuser Martin Lyuis uni "zamonamizning eng yetuk musiqiy hujjatli filmlar yaratuvçisi" sifatida e'tirof etdi.