Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Xitoyning Syamen şahrida bugun Xitoy, Rossiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Braziliya, Misr, Meksika, Gvineya prezidentlari hamda Hindiston va Tailandning boş vazirlari iştirokida ötayotgan BRIKS davlatlari rahbarlari sammitida çiqiş qildi, deb xabar beradi Asia plus media guruhi.
Öz çiqişida Imomali Rahmon zamonaviy dunyo har lahzada yangi tahdidlar va çaqiruvlarga duçor bölayotgan bugungi şaroitlarda BRIKS davlatlari rahbarlari sammiti dunyo siyosatida muhim örin tutişini ta'kidlab ötdi.
Tojikiston prezidenti BRIKS davlatlarini 2015 yilda qabul qilingan BMTning barqaror rivojlaniş dasturini faol amalga oşirişga çaqirdi.
Imomali Rahmonning qayd etişiça, dunyoning rivojlanayotgan davlatlari, şu jumladan Tojikiston ham uşbu dasturni amalga oşiriş uçun özlariga boğliq barça çoralarni qöllamoqda. U BRIKS sammiti qatnaşuvçilariga gidroenergetika böyiça loyihalarni amalga oşiriş uçun rivojlanayotgan davlatlarga körsatilayotgan yordam miqdorini oşirişga çorladi.
Tojikiston prezidenti sammit iştirokçilari e'tiborini sayyoramizda iqlim özgarişi muammolariga ham qaratdi.
Xitoyning Syamen şahrida BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR) davlatlari rahbarlari va taklif etilgan davlatlar yetakçilari bilan sammiti ötmoqda.
Xitoy tomoni sammitda «outreach» formatida iştirok etiş uçun beş davlat — Misr, Tojikiston, Meksika, Gvineya va Tailandni taklif etgan.
Uçraşuv mobaynida Xitoy «Janub-Janub hamkorligiga kömaklaşiş jamğarmasi» orqali rivojlanayotgan iqtisodiyotlarni qöllaş uçun 500 mln. AQŞ dollari ajratişi, şuningdek, milliy kadrlarni öqitiş uçun 40 mingta örin ajratişini e'lon qildi, deb xabar berdi TASS.












