4 sentabr oqşomida Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Germaniyada bölib ötgan Jahon çempionatidan yoruğ yuz bilan qaytgan boksçilarni kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Turnirda ikkinçi örinni egallagan boksçilarni ularning oila a'zolari, muxlislar va jurnalistlar kutib olişdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 3ta kumuş va 2ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Kubadan söng 2-örinni egallaşdi. Bu esa tarixdagi eng yaxşi natija böldi.












