JÇ—2018 saralaşining 7-turida kutilmaganda Daniyaga yirik hisobda mağlubiyatga uçrab, birinçi örinni xavf ostida qoldirgan Polşa, 8-turda Qozoğiston darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi. Daniyaga qarşi öyinni ötkazib yuborgan Robert Levandovski bu öyinda jamoasi ğalabasiga hissa qöşdi.

Gollarga Arkadiuş Milik, Kamil Glik va Robert Levandovski mualliflik qilişdi.

Ye guruhidagi yana bir uçraşuvda Çernogoriya Ruminiyani kiçik hisobda mağlub etdi (1:0). Gol muallifi Stevan Yovetiç.

Mazkur turda Daniya ham muvaffaqiyat qozondi. Daniyaliklar Armanistonga safar qilib, 4:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi.

Guruhda Qozoğiston, Ruminiya va Armaniston mundial yöllanmasidan umid uzişgan. Ayni paytda dastlabki 3 örinda borayotgan jamoalarning barçasi Rossiya—2018 uçun raqobatni davom ettirmoqda.  Sönggi ikki tur barça masalaga oydinlik kiritib beradi.

JÇ—2018. Saralaş
«Ye» guruhi. 8-tur
Polşa – Qozoğiston 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 11 Milik, 2:0 – 74 Glik, 3:0 – 86, penalti Levandovski.
Polşa – Fabianski, Glik, Ribus, Pişçek, Pazdan, Makuşevski (Blaşçikovski, 65), Monçinski (Bednarek, 89), Zelinski, Grositski (Teodorçik, 90), Milik, Levandovski.
Qozoğiston –  Loriya, Logvinenko, Axmetov, Dmitrenko, Beysebekov (Tagibergen, 87), Murtazayev, Darabayev, Suyumbayev, Kuat, Şomko, Xijniçenko (ŞÇetkin, 68).
Ogohlantirişlar: Dmitrenko (24), Suyumbayev (52), Logvinenko (62), Kuat (64).

Çernogoriya – Ruminiya 1:0 (0:0)
Gol: Yovetiç (75).
Çernogoriya: Petkoviç, Tomaşeviç, Saviç, Stoykoviç, Veşoviç, Yankoviç (Yovoviç, 84), Vukçeviç, Ivaniç (Mugoşa, 70), Maruşiç, Yovetiç, Beçiray (Zverotiç, 90).
Ruminiya: Teteruşanu, Geman (Xanka, 81), Motsi, Kirikeş, Benzar, Kipçu, Marin (Stançu, 64), Maksim, Toşka, Stanku, Andone (Belutse, 64).
Ogohlantirişlar: Kipçu (34), Veşoviç (53), Motsi (85), Beçiray (85), Stoykoviç (89).