Faqat tijoriy obektlar qurilişidagina şoşiliş mumkin. Özingiz uçun uy-joy bunyod qilişda esa,  şoşiliş maqsadga muvofiq emas, ayniqsa sahroda. U qança kerak bölsa, şunça davom etişi mumkin. Relef qança murakkab bölsa, şunça yaxşi deb hisoblovçi me'mor Ken Kellog loyihasi bilan sahroda barpo etilgan uy qurilişi 20 yil davom etgan, biroq yakuniy natija şunga arzirli çiqqan. Trendymen uşbu uyning suratlari va u haqidagi ba'zi ma'lumotlar bilan bölişdi.

Foto: Trendymen

Taşqi körinişidan noyob jonivorni eslatuvçi sahro hujrasi Janubiy Kaliforniyadagi Joshua Tree nomli joyda joylaşgan.

Foto: Trendymen

Aynan şu yerda qönim topiş ğoyasi 80-yillar oxirida şu yerdan 10 akr yerni qölga kiritgan Beva va Jyey Dulitllarning xayoliga kelgan.

Foto: Trendymen

Ular öşa paytlar quriliş uçun loyiha izlayotib, murakkab landşaftda qurilişlarni loyihalaştiriş bilan şuğullangan iste'dodli me'mor Ken Kellogga taklif yöllaşgan.

Foto: Trendymen

Beva Dulitlning sözlariga köra, manzilga yetib kelgan me'mor bölğusi quriliş uçun ilhom va material izlab, maydon böylab toğ eçkisi kabi sakrab yurgan.

Foto: Trendymen

Tabiiyki, quriliş materiali sifatida u yerda juda köp bölgan toğ jinslaridan ham qisman foydalanilgan.