ESET antivirus dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi kompaniyasi MasterCard tölov tizimi foydalanuvçilariga xakerlik hujumi amalga oşirilgani haqida ma'lum qildi. "Lenta.ru" tahririyatiga kelib tuşgan matbuot relizida şu haqida xabar berilgan.
ESET vakillarining sözlariga köra, yovuz niyatli kişilar MasterCard mijozlariga tölov tizimi nomidan xat yöllaydi. Uning matnida firibgarlar foydalanuvçiga uning hisob raqami bloklangani haqida ma'lum qilib, fişing saytiga olib kiruvçi havola böyiça ötişni taklif qilişadi. U yerda jabrlanuvçi göyoki şaxsiy ma'lumotini yangilaşi kerak böladi, şundan söng servisga kiriş xizmati qayta tiklanadi.
Manbaga köra, soxta saytda jabrlanuvçini tölov va şaxsiy ma'lumotlarni kiritiş anketasi kutib turadi. ESET mutaxassislarining ta'kidlaşiça, foydalanuvçi "Kiriş" tugmasini bosib, firibgarlarga öz şaxsiy ma'lumotlarini yöllaydi.
Kompaniyada qöşimça qilinişiça, fişing sahifa Meksika hukumatiga tegişli gob.mx domeniga joylaştirilgan. ESET vakillari mazkur holat haqida Meksika kompyuter tahdidlariga javob beriş markaziga xabar berişdi.












