Rajaston ştatidagi Udaypur şahri çekkasida joylaşgan qişloqda yaşovçi ayollar 2,5 metrli pitonni tutib olib, ikki soat davomida uni qöriqlaşdi. Hindustan Times şu haqida xabar berdi.
Ayollardan biri oilaviy dalada işlayotib, sudralib yuruvçini payqab qoladi. Uning qiçqirgan ovoziga boşqa qişloqdoşlari yetib kelişdi. Yiğilganlar ilonning boşqa dalaga ötib ketmasligi uçun uni har tarafdan örab olişga qaror qilişdi. Bundan taşqari, ular ilonga heç kim toş otmasligi va zarar yetkazmasligini nazorat qilişdi.
Kamida yetti ayol ikki soat davomida ilonning atrofida turdi, söngra ayollardan birining qarindoşi kelib, Udaypurdan yovvoyi hayvonlar bilan işlovçi mutaxassisni çaqirib keldi. Yetib kelgan mutaxassis bu yölbars-piton ekanini aytdi. Ilonning zaharli emasligini bilgaç, ayollar uni uşlab, suratga tuşişdi.
Yölbars-pitonlar Janubiy va Janubi-Şarqiy Osiyoda keng tarqalgan. Ular uzunasiga 4 metrgaça ösib, kiçik tuyoqlilar, kemiruvçilar, maymunlar va quşlar bilan oziqlanadi. Yiriklari odamlarga hujum qilişi ham mumkin.












