Jinoyat köçasiga bir emas, bir neça marta kirib çiqqan, qonun oldida tegişli jazosini olib, bundan öziga xulosa çiqarmagan Adiba Pirmanova (ism-familiyalar özgartirilgan) tovlamaçilik “kasbi”ni davom ettiradi. U fuqaro J.Otaşova bilan uning tilla taqinçoqlari pulini ham oyda bölib tölaşga kelişadi va sotib oladi. Tilla buyumlar qölga kiritilgandan keyin esa, ular naqd pulga sotiladi va mablağlar şaxsiy manfaatlar yölida sarflanadi. J.Otaşovaga berilgan va'dalar esa, va'daligiça qolib ketaveradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ayol qilmişini davom ettirib, şerigi Zarifa Aruzeva bilan jinoiy til biriktiradi. Ular fuqaro H.Yaxşiboyevaning 42 million sömi bölgan plastik kartoçkasini yetti foiz evaziga naqd pul qilib beramiz, deb aldab olib, pullarni öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborişadi.

Nukuslik Lobar Janabayeva ham tovlamaçilik borasida dars beradiganlar toifasidan ekan. U odamlarga özini “Markaziy bankda bölim boşliğiman” deb taniştiradi. “Toşkent-Nukus” yönalişida yuk taşiydigan bir neçta avtomaşinalarim bor”, deb odamlar orasida gap tarqatadi. L.Janabayevaning bu gaplaridan söng ayrim sodda odamlar uning qarmoğiga ilinişadi. Xususan, bu ayol fuqaro A.Karimboyevaga arzon un olib kelib berişga va'da berib, uning 40 mln. söm pulini firibgarlik yöli bilan qölga kiritadi.

Yuqorida nomi keltirilgan tovlamaçilarning barçasiga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi.