Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Respublikasiga davlat taşrifi doirasida 6 sentabr kuni Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Sapar Isakovni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan. 

Şavkat Mirziyoyev Sapar Isakovni Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi. 

Öz navbatida Sapar Isakov Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi yuksak ahamiyatga egaligini ta'kidladi va mazkur taşrif davlatlar özaro manfaatli hamkorligida yangi bosqiçni boşlab berganini qayd etdi. 

Uçraşuvda taşrif yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar, imzolangan hujjatlar ikki xalq örtasidagi azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi. 

Uçraşuv doirasida Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida Özbekiston Respublikasining çegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirğiziston Respublikasi hukumatining çegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengaşini taşkil etiş töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.