Jamiyat | 15:10 / 07.09.2017
6402
2 daqiqa o‘qiladi

Apple va Amazon Jyeyms Bond haqidagi yangi film uchun kurashmoqda

Foto: Danjaq

Jyeyms Bond haqidagi yangi filmni prokatga chiqarish huquqi uchun bir nechta kompaniya kurash olib bormoqda, deb yozadi The Hollywood Reporter. Franshizaning Sony bilan kelishuvi «007: Spektr» filmi chiqqanidan so‘ng o‘z yakuniga yetdi. Endilikda, Warner Bros. asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda, biroq ma'lumotlarga ko‘ra, kurashga Apple va Amazon ham qo‘shilgan.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Apple hamda Amazon distributsion huquqlar uchun xuddi Warner kabi pul to‘lashga tayyorlar.

Distribyutor ikki yildan ortiq vaqt davomida qidirilmoqda, hamda taxminlarga ko‘ra, Sony, Universal va Fox ham nomzodlar orasida bor. Eng «tajovuzkor» nomzodlar sifatida Warner hamda Sony baholanmoqda.

Amazon va Apple’ning bu kurashdagi ishtiroki o‘rtada tarqatish uchun huquqdan ko‘proq narsa turganidan darak berishi mumkin. Jurnalning qo‘shimcha qilishicha, gap butun franshizaning kelajagi haqida bormoqda.

Shuningdek, manbalarning ma'lum qilishicha, bondiana uchun kurashga Xitoy kompaniyalari ham qo‘shilishi ehtimolga yaqin.

Hozirgi paytda Bond uchun huquq MGM va Eon tomonidan nazorat qilinadi. Sony 2015 yilda «007: Spektr»ni chiqardi, hamda kartina jahon prokatida 900 mln dollar ishlab oldi.

Avvalroq Jyeyms Bond haqidagi yangi filmning ba'zi tafsilotlari ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid