Atlantika okeanida 2010 yildan beri birinçi marta birdaniga uçta dovul paydo böldi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail.

Keça Meksika körfazidagi Meksika qirğoqlarida paydo bölgan «Katya» tropik pörtanasi dovulga aylandi. Şu bilan birga, Atlantika okeanida yuzaga kelgan «Xose» tropik pörtanasi ham dovullar qatoriga kiritildi. 

«Irma» dovuli esa 6 sentabr kuni Karib dengizidagi orolga yopirildi.

Atlantikada 1893 va 1998 yillarda birdaniga törtta dovul harakatda bölgan.

Saffir-Simpsonning beş ballik şkalasi böyiça beşinçi toifa berilgan «Irma» dovulining zarbasini Antigua va Barbuda orol davlati öziga qabul qilib oldi. Bu davlat boş vaziri Gaston Braunning sözlariga köra, mamlakatdagi qariyb barça binolar tabiiy ofat tufayli ziyon körgan. Antigua va Barbuda aholisining taxminan 60 foizi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.

Şuningdek, bu tabiiy ofatdan Karib dengizidagi Sen-Marten hamda Sen-Bartelemi fransuz orollari ham jiddiy zarar kördi. Sönggi ma'lumotlarga köra, u yerda sakkiz kişi halok böldi, yana 20 dan ortiq inson jabrlandi. Sen-Marten hukumati orol «95 foizga vayron bölgani» haqida ma'lum qildi.

7 sentabr kuni esa dovul Puerto-Rikoga yetdi. Associated Press’ning xabar berişiça, 900 ming kişi elektr ta'minotisiz qolgan.

Iqlimşunoslarning ma'lumotiga köra, «Irma» dam oliş kunlarigaça Florida qirğoqlariga yetadi, Amerikaning bu ştatida evakuatsiyaga tayyorgarlik körilmoqda, iqlimşunoslar esa bu dovul kuç böyiça Texasga avgustda yopirilgan «Harvi»dan ham qudratliroq ekani haqida ogohlantirişmoqda.

Kutilişiça, juma kuniga kelib «Xose» kuçayadi, hamda unga kuçlilik darajasi böyiça uçinçi toifa beriladi. AQŞ dovullarni kuzatiş böyiça Milliy markazining ta'kidlaşiça, hozirça «Xose» kişilarga tahdid uyğotayotgani yöq, sababi u oçiq okeanda, qirğoqlar hamda orollardan uzoqroq masofada harakatlanmoqda. Biroq, u tezlik bilan kuçaymoqda, va uning harakati özgarişi mumkin.