Adliya vazirligi tomonidan Şodiyev xalqaro fondining Özbekistondagi vakolatxonasi davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda Facebook’dagi «Adliya bilan muloqot» sahifasida ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, Şodiyev xalqaro fondining Boş ofisi Lixtenşteyn knyazligida joylaşgan bölib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta'lim sohalarida loyihalarni qöllab-quvvatlaş va homiylik qiliş hisoblanadi.
Fondning Özbekistondagi vakolatxonasining asosiy maqsadi Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan bolalar uylariga gumanitar kömak va aholiga tibbiy yordam körsatiş loyihalariga xayriya yordami körsatişdan iborat.
Vakolatxonaning rahbari etib Keyt Elizabet Maguayr tayinlangan.
Ma'lumot uçun: Fattoh Şodiyev kelib çiqişi özbekistonlik bölib, hozirda Belgiya fuqarosi hisoblanadi.













