Bugun, 6 sentabr kunining ikkinçi yarmida Andijon va Öş viloyatlari örtasidagi Özbekiston-Qirğiziston «Döstlik» çegara-ötkazuv punktining tantanali ravişda oçilişi kutilmoqda. Bu haqda Özbekistonning Bişkekdagi elçisi Doniyor Sidiqov ma'lumotiga tayangan holda qirğiz mahalliy naşlari xabar tarqatdi. 

Xabarlarda aytilişiça, Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari keça «Ala-Arça» qarorgohida bir qator hujjatlar bilan birga çegara masalasiga doir muhim kelişuvga imzo qöygan. Sönggi yillarda mazkur çegara punktidan ötiş ikki tomon fuqarolariga turli qiyinçiliklarni paydo qilgan, endilikdi ana şulardan biri, ikkinçi tomondan yuborilgan telegrammani körsatiş tartibi bekor qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziëyev davlat taşrifi bilan Bişkekka taşrif buyurdi. Bu Özbekiston prezidentining keyingi 17 yilda qöşni Qirğizistonga davlatiga birinçi rasmiy taşrifi böldi.​ Unda muhim kelişuvlardan biri, Qambar Ota GES inşootini birgalikda barpo etiş masalasi ijobiy hal böldi.

Foto: @sanjarbeke 
Foto: @sanjarbeke 
Foto: @sanjarbeke