Counterpoint hisobotiga köra, Huawei kompaniyasi smartfonlar sotuvi böyiça ikkinçi öringa çiqib olgan va bu körsatkiç böyiça Apple gigantidan özib ketgan. Birinçi örin Samsung tomonidan band etilgan. "Life" şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, 2017 yilning martidan  Huawei kompaniyasi sotuvlari işonçli ösgan. Xaridorlarning "olma" mahsulotiga bölgan qiziqişi esa yanvar oyidan beri pasayib, iyunda ança past natijalarni qayd etgan. Ekspertlarning fikriça, bunday sukut Apple'ning yangi flagman qurilmasining kutilayotgani bilan boğliq. 

Tadqiqotda şuningdek bugungi kunda Huawei ba'zi asosiy bozorlariga yetarliça e'tibor qaratmayotgani haqida söz yuritiladi - masalan, Şimoliy Amerika, Janubiy Osiyo mamlakatlari va Hindiston.