Karib havzasi orollariga yopirilgan «Irma» dovuli oqibatida halok bölganlar soni 10 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Britaniyaning Angilya hududida bir kişi hayotdan köz yumgan. Favqulodda vaziyatlar böyiça Karib agentligining xabar berişiça, oroldagi yöllarning 90 foizida harakatlaniş imkoni yöq.

Bundan taşqari, Barbuda orolida tabiiy ofat tufayli ikki yoşli bola ham halok bölgan.

Avvalroq «Irma» Sen-Martenda 8 kişining umriga zomin bölgani xabar qilingandi.