Amaldagi Rossiya hukumatini qöllab-quvvatlab kelgan Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakat harbiylari Ukrainada ötkazilişi rejalaştirilayotgan öquv-maşğulotlarida qatnaşişini közda tutuvçi hukumat loyihasiga taqiq qöydi. Bu vaqt mobaynida Belarus hududida Rossiya harbiy kuçlari ham "Zapad-2017" harbiy öquv-maşğulotlarini ötkazişni rejalaştirgan.

Bu vaziyat Moldova taşqi siyosatida bir neça yillardan kuzatilib kelingan tarqoqlikni yaqqol yuzaga olib çiqmoqda, ya'ni hukumat AQŞ va Yevropa Ittifoqi sari intilsa, mamlakat prezidenti Rossiya va şarqqa yon bosadi.

Bugungi holatda Moldova hukumati deyarli NATO alyansiga a'zo davlatlari iştirok etişi közda tutilgan Ukrainadagi öquv-maşğulotlarga 57 nafar harbiyni yuborişni maqsad qilib turgan edi. Endilikda joriy yilning 8-23 sentabr kunlarida yetakçi davlatlar, jumladan AQŞ va Turkiya iştirokida ötkazilişi belgilangan tadbirda Moldova qatnaşişi şubha ostida qolmoqda.

Qayd etiş kerakki, Moldova hukumati bilan Rossiyaning aloqalari ötgan 3 yil mobaynida turli iqtisodiy, diplomatik nizolar tufayli yomonlaşib bormoqda.