IŞID terrorçilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bağdodiy Yevropa mamlakatlarida yangi hujumlarni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi The Telegraph kurdlar razvedkasi rahbari Loxur Talaboniyga asosan.
«Biz Ğarbga köproq hujumlar röy berişi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga egamiz, ular oğir yöqotişlarga uçragan jangarilarning jangovar ruhini kötarişga qaratilgan böladi», - dedi Talaboniy.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Iroq hududida yoş ekstremistlar guruhi paydo bölişi mumkin. Bu holat mamlakat hukumati radikal siyosiy islohotlar ötkazmasa, yuz berişi başorat qilindi.
Avvalroq Qirğizistonda teraktga tayyorgarlik körgan IŞID a'zosi qölga olingani xabar berilgandi.












