Salvador Dalining qizi ekanligini ta'kidlagan ayol uning qizi emasligi aniqlandi
O‘nlab yillar davomida mashhur ispan rassomi Salvador Dalining qizi ekanligini ta'kidlab kelgan ispaniyalik Mariya Pilar Abel Martines aslida uning qizi emasligi isbotlandi. Bundan Martines talabi bilan amalga oshirilgan DNK-sinovi natijalari darak bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sud qarori bilan rassomning jasadi 20 iyulda eksgumatsiya qilingandi. Keyinroq o‘tkazilgan DNK-sinovi rassom ayolning otasi emasligini ko‘rsatdi.
Martinesning ta'kidlashicha, uning onasi va rassom o‘rtasida 1955 yilda ishqiy munosabatlar yuzaga kelgan. O‘sha vaqtda rassom Yelenoy Dyakonovaga uylangan bo‘lgan va juftlikning farzandlari bo‘lmagan.
BBC’ning ta'kidlashicha, Martines otasi Dali ekanini onasi va otasining onasidan bilgan. U jurnalistlar bilan suhbatda buvisining so‘zlarini keltirib o‘tgan: “Men seni juda yaxshi ko‘raman, biroq sen o‘g‘limning qizi emassan. Men sening otang kimligini bilaman, u Salvador Dali”.
Ayol sud orqali Dali jasadining eksgumatsiya qilinishiga erishgandi.
Mashhur rassom 1989 yilda 84 yoshida Figerasda vafot etgan. U hayoti davomida 1,5 mingdan ko‘proq surat, illyustratsiyalar va haykallar yaratgan va rassomchilikning syurrealizm oqimining eng taniqli vakillaridan hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
-
China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
O‘zbekiston | 17:14
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
O‘zbekiston | 17:14
-
1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

17:22 / 21.07.2017
Dalining jasad qoldiqlari DNK-testi natijasi qachon oshkor etilishi ma'lum

08:10 / 21.07.2017
Ispaniyada Salvador Dalining jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilindi

09:37 / 20.07.2017
Salvador Dalining jasad qoldiqlari bugun eksgumatsiya qilinadi

18:24 / 13.07.2017