Ispaniyada Salvador Dalining jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilindi

Foto: EPA
Ispaniyada mashhur rassom Salvador Dalining jasad qoldiqlari eksgumatsiya (murdani sud-meditsina ekspertizasi uchun kavlab olish) qilindi. Bu biologik materialni olish va otalikka test o‘tkazish maqsadida ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Rassomning qabrini ochish bo‘yicha ishlar Figares shahridagi Dali teatr-muzeyi hududida amalga oshdi.
«Sud-tibbiy ekspertlari Salvador Dalining qabrini ochib, DNK namunalarini olishdi. Endi sud jarayoni doirasida otalikka test o‘tkaziladi», - deb yozadi nashr.
Dalining qizi sifatida hisoblanish, shuningdek, uning merosiga folbin ayol Pilar Abel da'vogarlik qilmoqda. Uning iddao etishicha, onasi Antonia Martinez de Aro rassom bilan 1955 yilda birga bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, buyuk rassom 1989 yilda 85 yoshida olamdan ko‘z yumgan.
Avvalroq Salvador Dalining jasad qoldiqlari 20 iyul kuni eksgumatsiya qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:03 / 15.04.2025
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi

17:56 / 03.04.2025
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi

20:56 / 17.03.2025
Madrid Rossiyaning 65 nafar fuqarosiga yashash guvohnomalarini berishdan bosh tortdi

14:20 / 13.03.2025