Saudiya Arabistoni qiroli Salmon 2018 yil boshida Vashingtonga tashrif buyuradi. Bu haqda qirolning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbati yakunlariga ko‘ra Oq uy bergan xabarda aytilgan.
Oq uyning xabar qilishicha, yetakchilar “umumiy ustuvor masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi xavfsizlik va farovonlik”ni muhokama qilishgan.
Suhbatning qolgan tafsilotlari keltirilmagan.
















