Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT bosh kotibi yagona kriptovalyuta va tashkilotning jahondagi o‘rni haqida
Shanhay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimovning RT’ga ma'lum qilishicha, tashkilotga a'zo davlatlar uchun yagona kriptovalyutani joriy etish masalasi hozircha muhokama etilmagan.
«Bu mavzu hech qachon ekspertlik darajasi yoki moliya vazirlari yig‘ilishida ko‘tarilmagan. Hozircha bu masala kun tartibida yo‘q edi», - deya ma'lum qildi u.
Shuningdek, Alimov Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va ShHTning jahondagi jarayonlarda tutgan muhim o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Shanhay hamkorlik tashkiloti – bu 3 mlrd 120 mln kishi, bu jahon yalpi mahsulotining qariyb 25 foizi, biroq eng asosiysi – bu yer sharining iqtisodiy jihatdan eng faol aholisi. Bularning bari istiqbollar va katta salohiyatdan darak beradi. Bugun shuni ishonch bilan aytish mumkinki, insoniyat sivilizatsiyasining iqtisodiy rivojlanishi aynan shu yerda», - deya ma'lum qildi u.
Shuningdek, Alimovning qo‘shimcha qilishicha, ShHT a'zolariga mintaqa muhimligi tufayli tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishga yo‘naltirilgan faoliyatga mas'uliyat bilan yondashish talab etiladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

07:57 / 13.09.2022
Rashid Alimov: «O‘zbekiston tashabbuslari mintaqani dengiz va okeanlarga yaqinlashtiradi»

16:12 / 12.09.2022
“Samarqand ruhi” – xalqaro hamkorlikning yangi formatini shakllantirishda mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin

15:28 / 12.09.2022
IIV Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

11:13 / 12.09.2022