Saytda Özbekiston Milliy universitetining Sotsiologiya yönalişida «tanlanganlar» öqişga kirgani, bu yönalişda öqişga kirgan abituriyentlar töplagan ballar bilan öqişga kira olmagan abituriyentlar töplagan ballar örtasida keskin tafovutini köriş mumkinligi haqida «Estafeta davom etadi. Navbatdagi «tasodif» Milliy universitetda» maqolasi e'lon qilingan edi.

Söngra Milliy universitet rektori Avazjon Marahimov universitetga «tanlanganlar» guruhi öqişga kirgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan, u bunday holatlar uçun asosan köça industriyasini ayblagan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy va örta ta'lim vaziri örinbosari M.Inoyatov tomonidan 4 sentabr kuni imzolangan, Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş davlat komissiyasi raisi, Davlat test markazi rahbari, ÖzMU rektoriga yöllagan xatiga köra, ÖzMUning Sotsiologiya yönalişiga oldindan «tanlangan» abituriyentlar öqişga qabul qilingani töğrisidagi dalillarga asosan, Özbekiston Milliy universiteti Sotsiologiya yönalişi imtihon natijalari bekor qilinişi va 2017 yil 3 oktabr kuni uşbu yönalişlar uçun universitet binosida davlat imtihonlari qaytadan ötkazilişi haqidagi xat fotosurati tarqalgan.

Biroq KUN.UZ’ning oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga qönğiroq qilib aniqlaşiça, bu fotosuratda tasvirlangan xat haqiqiy emas. Vazirlikda xatlar bu tarzda röyxatga olinmaydi, qolaversa, vazir örinbosari xat imzolangan kunda viloyatlardan birida xizmat safarida bölgan. Vazirlik xodimi kiriş imtihonlarida şubhali holatlar aniqlangan oliy öquv yurtlari va qabul qilingan talabalarga nisbatan biror çora körilmayotganini alohida ta'kidlab ötdi.

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toşkent moliya instititutining ham bir qator yönalişlarida xuddi şu kabi qoidabuzarlik asosida «tanlangan» abituriyentlar öqişga qabul qilingani haqida KUN.UZ’da maqolalar yoritilgan edi. Boşqa bir manbamizning bergan xabariga köra, saytimizda tilga olib ötilgan va qolgan oliy öquv yurtlarida ham bu borada tekşiruvlar bölib ötmoqda. E'tirozlar birma-bir örganib çiqilmoqda.