Bloger va yurist Xuşnud Xudayberdiyevning Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi öquv yili uçun qabul imtihonlari natijalaridagi işonarsiz raqamlar haqidagi maqolasidan keyin unga Özbekiston Milliy universitetda ham şubhali holat kuzatilgani haqida ma'lum qilişdi.
Ma'lum bölişiça, Milliy universitetning Sotsiologiya yönalişida «tanlanganlar» öqişga kirgan. Bu yönalişda ham öqişga kirgan abituriyentlar töplagan ballar bilan öqişga kira olmagan abituriyentlar töplagan ballar örtasida keskin tafovutni köriş mumkin.

«Yana öşa taniş holat. Tasodifan bitta auditoriyaga bir neçta aqllilar yiğilib qolişibdi. Keling, batafsil körib çiqamiz.
Sotsiologiya yönalişiga 15 kişi qabul qilindi (4 ta grant, 11 ta kontrakt). Jami 148 kişi hujjat topşirgan.
Endi ballarga qarang. Agar oxirgi örinda kirgan «adaşgan»ni hisobga olmasak (109,9 ball), kiriş balli 148,8 bölgan. Kira olmaganlar orasida 1-örinda turgan abituriyent esa 100,5 ball olgan. Farq salkam 50 ball.
Endi kirgan 15 nafar talabaning javoblar varaqasi nomerini tahlil qilamiz.
Ularning 11 nafari 767 06 73 nomerdan boşlanib, ...74, ...75, ...76, ...77, ...78, ...79, ...80, ...81, ...82, ...83 bölib tugagan. Barça 11 nafar abituriyent raqami ketma-ket! Bironta xatolik yöq!
Qolgan 4ta begona raqam ham bir-biridan uzoq emas. 726 67 23, ...24, ...26 va ...10.
Qarang, raqamlarga eng uzoq bölgan ...10 raqamli abituriyent eng oxirgi örinda kirgan va 109,9 ball olgan. Qolgan ketma-ket va bir-biriga yaqin bölgan 14 nafar abituriyentning hammasi keskin farq qiladigan ravişda baland ball - 148dan 186 ballgaça töplagan.
Demak, ÖzMUning Sotsiologiya yönalişiga ham tasodifan 14 nafar yuqori bilim sohiblari va 134 nafar bilimi 100 balldan oşmaydiganlar topşiribdi.
Bu yerda «yopiq fakultet» haqida gap-söz bölişi mumkin emas. Çunki ÖzMUda bunday qilişmaydi, heç qaçon eşitmaganman. Bu yerda bittagina taxmin bölişi mumkin, ya'ni qaysidir auditoriyada nazorat öta sust, qolganlarida esa dahşatli darajada qattiqqöllik evaziga ham şunday yirik tafovut yuzaga kelişi mumkin.













