7-8 sentabr kunlari Özbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan oltita vazirlik va davlat taşkilotlari rahbarlari Buxoro viloyati, şahar va tumanlarida aholi bilan sayyor qabullar ötkazadi.
Xabarda aytilişiça, Buxoro viloyatiga Boş prokuror Ixtiyor Abdullayev, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, lavozimiga endi kirişgan Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, bojxona qömitasi raisi Muidjon Tohiriy, soliq qömitasi raisi Botirjon Parpiyev taşrif buyurişadi. Sayyor qabullarda buxoroliklar özlarini qiziqtirgan savollar boyiça yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan ertalab soat 9:00dan to keç soat 21:00gaça suhbatlaşişi, muammolar böyiça murojaat qilişlari mumkin.
Xususan, Boş prokuror Ixtiyor Abdullayev 7 sentabr kuni Vobkent tumanidagi «Porloq Kelajak» lagerida Buxoro, Vobkent, Peşku, Romitan, Şofirkon, Ğijduvon tumanida istiqomat qiluvçi aholi vakillari bilan uçraşadi. 8 sentabrda esa Buxoro davlat universiteti binosida Buxoro, Kogon şaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qoraköl tumanlari aholisi bilan uçraşuvlar bölib ötadi.
Oliy sud raisi Kozimjon Komilov xuddi şunday reja asosida, ya'ni 7 sentabr kuni Vobkent maişiy xizmat kollejida Buxoro, Vobkent, Peşku, Romitan, Şofirkon, Ğijduvon tumanlari aholisini qabul qiladi. 8 sentabr kuni Oliy sud raisi Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Buxoro filialida Buxoro, Kogon şaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor, Qoraköl tumanlari aholisi bilan uçraşadi.
Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov 7 sentabr kuni Vobkent iqtisodiyot kollejida Buxoro, Vobkent, Peşku, Romitan, Şofirkon, Ğijduvon tumanlarida yaşovçi fuqarolarni qabul qiladi. 8 sentabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Buxoro, Kogon şaharlari, Kogon, Olot, Jondor, Qorovulbozor va Qoraköl tumanlari aholisi içki işlar vaziriga murojaat qilişi mumkin.
7 sentabr kuni Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Ğijduvon agrosanoat kollejida soat 9dan tuş payti, soat 14:00gaça Şofirkon, Vobkent va Ğijduvon tumanlari aholisi bilan uçraşadi. Şu kuni vazir soat 16:00dan 21:00ga qadar Buxoro tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida Buxoro şahri, Buxoro, Romitan va Peşku tumanlari aholisi bilan uçraşuv bölib ötadi. Davletov 8 sentabr kuni kunning birinçi yarmida Kogon şahridagi 2 bolalar musiqa va san'at maktabida Kogon va Qorovulbozor aholisi bilan, soat 16:00dan 21:00gaça esa Qoraköl tumanidagi 5-maktabda Qoraköl, Olot va Jondor tumanida aholi bilan uçraşuv ötkazadi.











