WhatsApp işlab çiquvçilari mijozlar bilan muloqot qiliş uçun messenjerdan foydalanuvçi yirik korxonalardan tölov undirişni rejalaştirişmoqda. TechCrunch şu haqida ma'lum qildi. 

Ta'kidlaş joizki, bunda yirik kompaniyalarga foydalanuvçilar bilan aloqa qiliş uçun yanada qulay imkoniyatlar taqdim etiladi. Masalan, messenjerda aviareyslar vaqti yoki mahsulot yetkazilganiga doir tasdiq bilan boğliq xabarlarni yöllaş imkoni paydo böladi.

WhatsApp kiçik va örta biznes vakillari uçun boşqa maxsus ilova işlab çiqişni rejalaştirmoqda. U bepul böladi, lekin uning imkoniyatlari haqida hozirça ma'lumot yöq.

Kompaniya blogida izoh berilişiça, bunday yangi funksiyalar kiritilişiga sabab - bugungi kunda kompaniyalar va mijozlarning WhatsApp orqali muloqoti "mukammal emasligi"da. 

2009 yilda asos solingan WhatsApp mobil messenjeri internet orqali matnli xabarlarni yöllaş imkonini beradi. 2014 yilda Facebook kompaniyasi 19 milliard dollarga WhatsApp messenjerini sotib olgan.