Mamlakatda har hafta payşanba kunlari ötkazilayotgan profilaktika tadbirlari jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda, deb yozadi ÖzA.

Surxondaryo viloyatida ham şu kuni içki işlar va boşqa huquq-tartibot idoralari xodimlari korxona-taşkilot, mahalla va ta'lim muassasalarida oçiq muloqotlar ötkazib, huquqiy tarğibot işlari olib bormoqda. Keng jamoatçilik hamkorligida uyma-uy yurib, odamlar bilan profilaktik suhbatlar ötkazilmoqda. Ilgari oçilmay qolgan jinoyatlar foş qilinmoqda, qidiruvda bölgan şaxslar uşlanmoqda. Amalga oşirilayotgan bunday tadbirlar natijasida jinoyatlar turi va soni kamayişiga erişilmoqda. Buni ötgan yilning şu davriga nisbatan viloyatda umumiy jinoyatlar soni 400 taga kamayganida ham köriş mumkin.

Biroq, ayrim ota-onalarning loqaydligi bilan ba'zi yoşlar jinoyat köçasiga kirib qolayotgani açinarlidir. Masalan, Şörçi tumanidagi “Jarqişloq” şaharça fuqarolar yiğini hududida yaşaydigan 14 yoşli bola kuppa-kunduzi “Nexia” rusumli avtomaşinani öğirlab qoçgani va daliliy aşyo bilan qölga tuşgaç, otaning farzandini oqlamoqçi bölganiga nima deyiş mumkin?

Şörçi tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro M.F. kunduzi soat 13:30 lar atrofida öziga tegişli “Nexia” rusumli davlat raqami 75 V 773 NA bölgan avtomaşinani Denov tumanidagi Ş.Raşidov köçasiga qöyib, pult orqali qulflaydi. Öt oldiriş kalitini joyida qoldirib, yumuşlarini bajarişga ketadi. Soat 16 ga yaqin qaytib qarasa, maşina yöq. Bu haqda zudlik bilan Denov tumani IIB navbatçilik qismiga xabar beradi. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida avtomaşinani boşqargan şörçilik maktab öquvçisi J.M. örtoqlari bilan «sayr» qilib yurgani aniqlanadi. Olib qoçilgan maşina içki işlar organi xodimlari tomonidan “Jarqişloq” şaharça fuqarolar yiğini hududida töxtatilgaç, ota avtoulovning olib qoçilişiga öğlining aloqasi yöqligini isbotlaşga urinadi. Lekin, qilni qirq yoradigan içki işlar xodimlari aksini isbotlaşdi. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, “Nexia” qonuniy egasiga qaytarildi.