Litva mudofaa vaziri Raymundas Karoblis Yevroittifoqqa a'zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uçraşuv davomida «harbiy Şengen» taşkil etiş taklifi bilan çiqdi. Bu haqda mamlakat harbiy mahkamasi matbuot xizmatidan xabar berişgan.
«Litva YeI davlatlarining mudofaa sohasidagi qalin hamkorligini olqişlaydi. Doimiy hamkorlik Yevropa Ittifoqida mudofaaga xarajatlarni oşiriş va Yevropada haqiqiy mudofaa kuçlarini yaratişga xizmat qilişi kerak», - deya ma'lum qildi vazir.
Uning ta'kidlaşiça, Litva «şengen loyihasi»ni işlab çiqişni taklif etayapti.
«Biz Benilyuks davlatlari, Finlyandiya va Estoniya bilan birga PESCO doirasida harbiy şengen loyihasini işlab çiqişni taklif etmoqdamiz, u Yevropada qöşinlar harakatlanişini yengillaştiradi. Bu öz içiga infratuzilmaga sarmoyalarni soddalaştirişni qamrab oladi. Bu loyiha köplab mamlakatlar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda, uning amalga oşirilişi YeI va NATO uçun muhimdir», - dedi Karoblis.
Avvalroq Litvadagi maktablarda harbiy tayyorgarlik darslari paydo bölişi xabar berilgandi.












