Ispaniya ligasi taşkilotçilari mamlakat çempionatining eng asosiy öyinlarini boşqa davlatda taşkil qilişi mumkin. Bu haqda Football Espana naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, bu kelgusi mavsumdan boşlaboq amalga oşirilişi mumkin. Uçraşuvlar Xitoy yoki AQŞda taşkillaştirilişi mumkin.
«Ispaniya çempionati – bu butun dunyo uçun köngiloçar tomoşa va biz uning xalqaro miqyosdagi kölamini kengaytiriş ustida iş olib bormoqdamiz. Biz uçraşuvlarni boşqa mamlakatlarda ötkaziş masalasini körib çiqmoqdamiz. Hozirça muzokaralar dastlabki bosqiçida turibdi. Biz uşbu loyihani qöllab-quvvatlaymiz», – degan liga prezidenti Xaver Tebas.











