Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi
Toshkent viloyati ma'muriy markazi – Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi rasmiy sayti.
Shahar O‘zbekistondagi birinchi «aqlli» shahar bo‘ladi, unda ma'muriy binolar, zamonaviy va qulay turar joylar, biznes markazlar, mehmonxonalar, sport majmualari, yoshlar ijodiyot markazi, kutubxona, maktablar, ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi.
Istirohat bog‘lari, bog‘lar, maydonlar, piyodalar va velosipedchilar uchun xiyobonlar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Samarali jamoat transporti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Shahar markazi orqali sun'iy anhor oqib o‘tadi, uning yoqasi bo‘ylab yo‘l yotqizilib, kafe, do‘kon va boshqa obektlar ochiladi.
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtomobil yo‘li bog‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent viloyati o‘zining ma'muriy markaziga ega emas edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 25 avgust kungi 11-yalpi majlisda To‘ytepa shahrining nomini Nurafshonga o‘zgartirish haqidagi qarorni tasdiqladi.
Bir kun avval senatorlar shaharni viloyat boshqaruvidagi shaharlar toifasiga kiritish hamda Toshkent viloyatining ma'muriy markazi etib belgilash haqidagi qarorni tasdiqlashgan.


Mavzuga oid
11:21 / 03.03.2026
Nurafshonda bankomatni ochishga urinish to‘xtatildi, gumonlanuvchi ushlandi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
19:56 / 07.12.2025
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
14:39 / 11.10.2025