Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 9—10 sentabr kunlari Qozoğistonga taşrif buyuradi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan amalga oşadigan mazkur taşrif doirasida Prezident Mirziyoyev Islom hamkorlik taşkilotining Fan va texnologiyalar böyiça birinçi sammitida iştirok etadi.
Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga taşrifi davomida Ostona şahrida EKSPO—2017 xalqaro ixtisoslaşgan körgazmasining rasmiy yopiliş marosimida iştirok etişi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama qator uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.












