Taylandda “örgimçak-odam" kiyimidagi erkak yölda maşina tomondan urib ketilgan mototsiklçining hayotini saqlab qoldi. Yöl-transport hodisasi videoyozuvi Ta-Yang viloyati politsiya departamentining Facebook’dagi sahifasida joylaştirilgan.

Videodan körinişiça, mototsiklçini oq pikap urib yuborgan. Jabrlanuvçi yölning qatnov qismiga yiqilib, “örgimçak-odam” kiyimidagi erkak uning yoniga yugurib kelmagunça u yerda yotgan. “Örgimçak-odam” qatnovni töxtatib, mototsiklçiga birinçi yordam körsatgan.

Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, jabrlanuvçi oğir jarohatlar olgan. Aniqlanişiça, “örgimçak-odam” hozirda girlyandalar sotiş bilan şuğullanuvçi sobiq aktyor bölib çiqqan. Erkak işida filmlardagi superqahramonlar kiyimlarini kiyib yurişni xuş körişini aytgan.