Ukrainaning «Batkivşçina» muxolif partiyasi yetakçisi Yuliya Timoşenkoning ma'lum qilişiça, 10 sentabr kuni Polşaga, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvilini qöllab-quvvatlaş uçun bormoqçi. Gruziya sobiq prezidenti Ukraina bilan çegarani kesib ötmoqçi.

«Men Mixo Saakaşvilini şaxsan qöllab-quvvatlayman. Men Polşaga boraman. U 10 sentabr kuni tinç yöl bilan kelib, Ukrainada yaşaş huquqiga ega ekani haqida dalillari bölgan maktubni, garçi uni fuqarolikdan mahrum qilişgan bölsa-da topşirmoqçi», - deya ma'lum qildi Timoşenko NewsOne telekanali efirida.

Siyosatçining aytişiça, Saakaşvili özini Ukraina fuqaroligidan mahrum etilişi qonun zid bölgan yoki bölmaganini aniqlaş maqsadida sudga murojaat etiş huquqiga ega.

«Bilasizki, janob Saakaşvili çegarani kesib ötib, Ukraina hududiga kira olmaydi. Şuning uçun, men uni u qayerda bölsa, öşa yerda qöllab-quvvatlayman. U Polşa hududida böladi», - dedi Timoşenko.

Avvalroq Mixail Saakaşvili Polşadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytişini ma'lum qilgandi.