AQŞ va Meksika çegaralari örtasidagi devor uzra ulkan bolaning oq-qora rangli surati paydo böldi. Bola göyoki Meksika tomondan turib, AQŞ hududiga qarab turgandek taassurot qoldiradi. Surat Tekate nazorat-ötkaziş punkti yaqinida örnatilgan.

Foto: Chicago Tribune

Uşbu suratni fransiyalik rassom JR örnatgan. U bu ğoyasi bilan muhojirlar muammosiga jamoatçilik e'tiborini qaratmoqçi bölgan.

Uşbu iş rassomning birinçi ijod mahsuli emas. Bunday suratlar Parijda, Rio-de-Janeyrodagi binolarda hamda Falastin va Isroil örtasidagi devorda ham örnatilgan. Ularning barçasi ijtimoiy muammmolar haqida fikr yuritişga çaqiradi.