BMT Boş kotibining birinçi örinbosari Amina Muhammadning ma'lum qilişiça, sayyoramizda qaşşoqlikda yaşovçi kişilar soni 767 milliongaça qisqardi. Hozirda bu körsatkiç yer aholisining 11 foiziga teng.
«Sönggi ma'lumotlarga köra, qaşşoqlik darajasi 11 foizgaça pasaydi, biroq bu 767 million inson hamon dahşatli şaroitlarda yaşayotganidan darak beradi», - deya Muhammadning sözlarini keltiradi TASS.
Uning qöşimça qilişiça, Şarqiy va Janubiy Osiyo davlatlari qaşşoqlik bilan kuraşda «jiddiy natijalarga» erişişgan. Biroq, Afrika hamon sayyoraning eng «yomon» mintaqasi bölib turibdi, sababi unda yaşovçi aholining 42 foizi qaşşoqlikda kun keçiradi.
Joriy yilning martida Osiyo-Tinç okeani mintaqasida 400 million kişi qaşşoqlikda yaşaşi aniqlangandi.











