Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Anqara va Ostona özaro tovar aylanmasi hajmini 5 mlrd dollarga qadar yetkaziş niyatida. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Bugungi kunda davlatlarimiz örtasidagi tovar aylanmasi qariyb 2 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Öylaşimça, bu çegara emas. Bizning vazifamiz, kelişib olganimizdek, tovar aylanmasi darajasini 5 mlrd dollarga yetkaziş, sababi Qozoğiston hamda Turkiyada buning uçun yetarli salohiyat bor», - dedi u.

Erdöğanning sözlariga köra, tomonlar barça sohalar – iqtisodiyot, madaniyat, siyosat, harbiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirişga harakat qilmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 3 kunlik rasmiy taşrif bilan Qozoğistonga kelişi xabar berilgandi.