Samarqand şahar hokimligi va bir qator huquqni muxofaza qiluvçi organlari vakillari, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengaşi hamda STV telekanali iştirokida yoşlarning keçki paytda asosiy vaqtini nimalarga sarflayotganini aniqlaş maqsadida navbatdagi tungi reyd ötkazildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga samarqandlik jurnalistlar.
Tungi reyd natijasiga köra, ayrim yoşlar keçki vaqtini asosan kafe barlarda çilim çekiş bilan ötkazişayotani aniqlangan. Jumladan, yarim oqşom bölişiga qaramay «Disco» klubida voyaga yetmagan qizlar çilim va spirtli içimliklar içib ötirgani aniqlangan. Şuningdek, uşbu klub sanitariya talablariga amal qilmagan holda faoliyat yuritayotgani ma'lum böldi. Klubning umumiy zali esa «milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan rasmlar» bilan «bezatilgan».

Samarqand şahridagi «Jyeyran» tungi klubida esa klub rahbariyati raqqosa qizlarni turli behayo mazmundagi qöşiqlarga yarim-yalanğoç holda raqs tuşişiga yöl qöygan.

Özbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi Kodeksining 188.2-moddasida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari mas'ul şaxslari tomonidan voyaga yetmagan şaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning örnini bosuvçi şaxsning kuzatuvisiz körsatilgan muassasalarda bölişiga yöl qöyiş — eng kam iş haqining 10 baravaridan 15 baravarigaça jarima solişga sabab bölişi belgilab qöyilgan.
Voyaga yetmagan yoşlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bölişi, balki bu muassaslarda mehnat faoliyati bilan şuğullanayotgani ham aniqlangan. Ana şunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Bugungi kunda Samarqand şahrida faoliyat körsatayotgan öttizdan ortiq tungi klub, diskoteka va barlarga qöyilgan nomlarning öziyoq kişida salbiy taassurot qoldiradi. Bu nomlar na «Davlat tili töğrisida»gi qonun talablariga, na milliy ma'naviyatga töğri keladi. Misol uçun, «Kamelot» — örta asrlarda Buyuk Britaniyadagi şahar nomidan, «Rafaello» — italiyalik şirinpaz ismidan, «Kavalli» — italiyalik dizayner ismidan, «Pattaya» — Tailanddagi şahar nomidan kelib çiqqan bölsa, «Jungli» — çangalzor, «Smouk» — çekiş, «Redlayn» — qonli yöl degan ma'no anglatişini uşbu muassasalar egalari va ularning faoliyatiga ruxsat berganlar biladimi?













