Ispaniya çempionatining 3-turidan örin olgan markaziy uçraşuvlardan birida «Real» öz uyida «Levante»ni qabul qilib, kutilmagan oçko yöqotdi.
Uçraşuvning 12-daqiqasida Ivi Lopes jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, Vaskes 36-daqiqada farqni yöqqa çiqardi. Öyin sönggi qismida Marselo qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. «Real» mağlubiyatga uçraşi ham mumkin edi. Biroq omad öşa daqiqalarda madridliklarda böldi.
Uşbu natijadan keyin «Real» hisobidagi oçkolar soni 5taga yetdi va jamoa aynan şunça oçko töplagan «Levante» bilan 4-5 örinlarni bölişib turibdi.
Ispaniya La-ligasi, 3-tur
Real Madrid – Levante 1:1 (1:1)
Gollar: Vaskes (36) – Ivi Lopes (12).
Real Madrid: Kasilya, Ramos, Naço, Marselo, Teo, Lorente (Isko, 62), Kroos, Asensio, Vaskes (Kovaçiç, 72), Karvaxal, Benzema (Beyl, 28).
Levante: Fernandes, Rodriges, Postigo, Tono, Rober, Kampanya, Lerma, Djyeyson, Ivan Lopes (Pedro Lopes, 20), Alegriya (Boateng, 55), Ivi Lopes (Samu, 68).
Ogohlantirişlar: Lerma (45), Alegriya (47), Ramos (54), Boateng (60), Karvaxal (66).
Çetlatiş: Marselo (89).












