1998 yilda Fransiyada ötkazilgan jahon çempionati saralaşi öyinlaridan boşlab Özbekiston milliy terma jamoasining deyarli barça öyinlarini bevosita stadionda körib kelaman. Işonmassiz balki, milliy terma jamoamizning JÇ-2018 saralaşidagi söngi ikki öyinini ilk bor «yana öşa tarkib, yana öşa Sergeyev», deya iştiyoqsiz holda televizorda kördim. Va, baribir, Vatan jamoasi emasmi, içki bir umid bilan sönggi daqiqalargaça kutdim. 

Bölmadi!

Suriya bilan safar öyinidagi mağlubiyatimizdan söng tuğişgan ukam «Babayan epopeyasi. «Mabodizm» sindromi» sarlavhali maqolasida yozganidek: «MABODO raqib darvozasi lang oçilib qolsa, MABODO himoyaçilar xato-pato qilib öz darvozasini işğol etib qöysa yoki MABODO hakam adaşib penaltimi, yaqinroq masofadan jarima zarbasimi belgilasa-yu va MABODO kimningdir zarbasi «öxşab» qolib, gol urib qolinsa», degan kul tagidagi yonişi gumon bölgan çöğdek zarra umidimiz alanga olmadi. Eron terma jamoasi ham bu çöğni tepkilab taşlaş uçun Suriya terma jamoasiga yordam berib yubordi. 

Şuningdek, ikkinçi marta sönggi umidimiz Janubiy Koreya terma jamoasi iştirokidagi öyin tufayli amalga oşmay qoldi. 

Futbolimizdagi futboldan boşqa narsani ustun qöyuvçilar bölişsa, bundan iç-içidan qayğurgani yöq. Bu holatda muxlisga qiyin! «Yana tört yil kutamiz-da, 1998 yildan beri kutayapmiz-ku», deguvçilar ham topilar balki. Biroq lanj terma jamoamizdan uyida tinçlik bölmagan Suriyaki oldinga ötib ketgan ekan, 2022 yilgi jahon çempionatigaça Afğoniston yoki Xitoy Taypeyi terma jamoalari ham bizga jiddiy tösiq böla olmaydi, deb heç kim aytolmaydi! 

«2026 yilgi jahon çempionatida 48 ta terma jamoa iştirok etadi-ku, öşanda bemalol biz ham qatnaşamiz» deguvçilar ham öylab gapirişsin. Bugun 4,5 ta yöllanma uçun kuraş bölgan saralaş öyinlarida 7 yoki 8-örinda qolgan terma jamoamiz 2026 yilgi jahon çempionatida Osiyoga beriladigan 8 yöllanma uçun kuraşda 9 yoki 10-örinda qolib ketişi mumkin ekanini inkor qilolmaymiz! 

2011 yildan boşlab terma jamoamiz öyinlari borasida gap ketganda optimistik ruhda sözlaşni örgangan muxlislarning kalomlari 2015 yildan keyin pessimistik ruhga şönğidi. Xuddi terma jamoamizning öyinlari kabi!

Terma jamoamizning öyinlari, natijalari statistikasidagi diagrammani yana yuqoriga kötariş uçun hujumkor taktikani xuş köruvçi, muxlislar oldida yolğon gapirmaydigan, qandaydir boşqa manfaatlarni futboldan ustun qöymaydigan, matbuot anjumanlaridan qoçmaydigan, notöğri iş qilib qöysa, oçiqçasiga, mardona tan ola biladigan, qaysarligini yaxşi işlar va natijalar uçun yönaltira oladigan, eng muhimi, xalqini yaxşi köradigan MURABBIY kerak!