NASA koinot agentligi mutaxassislari odamzod uçun istalgan asteroid tuşişidan ham jiddiyroq xavf  borligini aytişdi. Gap supervulqon otilişi haqida ketmoqda. AQŞ koinot agentligida aytilişiça, bugungi kunda dunyoda 20 ga yaqin supervulqon mavjud. Biroq ulardan faqatgina bittasining otilişi jamiki tirik jonzot uçun xavf soladi.  

Olimlarning fikriça, eng xavfli supervulqon AQŞdagi Yelloustoun  milliy boğidagi Yelloustoun  vulqonidir. Ölçami taxminan 55 km ga 72 km lik öra qizigan magma bilan tölgan. 

Vulqon otiladigan bölsa undan çiqadigan magma 95 km dan kattaroq radiusdagi barça narsani yoqib yuborgan bölardi. Vulqon otilişi jarayonida çiqadigan çang va gazlar dunyoni “vulqon qişiga” çömdirardi. Bu holat bir neça önlab yillar davom etib, millionlab odamlarning halokatiga sabab bölardi.

NASA mutaxassislarining fikriça, uşbu falokatning oldini oliş mumkin. Buning uçun Yelloustoun  vulqoni portlaş kuçini xavfsizlantiriş kerak.