Ostonada yangi öquv yilida 73 ming öquvçi bepul issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Bu maqsadda mahalliy budjetdan 3,5 mlrd tanga ajratilgan. Bu haqda nur.kz xabar bermoqda.
“Poytaxtning 84 ta ta’lim muassasasida boşlanğiç sinflarning barça öquvçilari bepul ovqat bilan ta’minlanadilar. Bundan taşqari, 5-11-sinflarda ta’lim oladigan kam ta’minlangan oilalar farzandlari va yetim bolalar ham bepul ovqatlanadilar”, deb aytgan Ostona hokimiyati ta’lim boşqarmasi vakili Asem Usenova.
Uning aytişiça, Ostona maktablari oşxonalarida 26 nafar xususiy tadbirkor faoliyat yuritadi. Yangi öquv yiliga tayyorgarlik köriş davomida barça maktablar oşxonalari joriy va kapital ta’mirdan çiqarilgan.

















