Singapurlik fotosuratçi Aram Pan Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanni samolyot oynasidan videoga oldi. The Strais Times naşrining ma'lum qilişiça, u suratga olişga ruxsatni may oyida olgan va rolikni öşa vaqtdayoq tasvirga tuşirib, biroq endigina namoyiş etmoqda. 

“Xorijlikka Şimoliy Koreyani osmondan suratga va tasvirga olişga ruxsat berilişi – kamdan-kam uçraydigan zavqdir, biroq buni yengil motorli Piper Matrix PA-46 samolyotidan suratga oliş imkoniyati yanada kamroq taqdim qilinadi”, deb izoh bergan fotosuratçi.

Rolikda şahardagi uylar, Tedongan daryosi, yöllar va boşqa obektlar, bir neçta harakatlanayotgan avtomobillarni köriş mumkin. Biroq odamlar bunday balandlikdan körinmagan.

Panning aytişiça, u özining “Şimoliy Koreya 360” loyihasi uçun 2013 yildan beri Şimoliy Koreyada 15 marta bölişga muvaffaq bölgan. Uşbu loyiha foto, video va virtual reallik vositasida Şimoliy Koreya bilan yaqindan tanişişga imkon beradi.